"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari boshlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatida hafta boshlandi,...
.jpg)
Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatida "Korrupsiya - taraqqiyotga to‘siq" deb nomlangan korrupsiyaga qarshi kurash haftaligi boshlandi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 10-sonli qarori ijrosini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 27 noyabridan 7 dekabrigacha bo‘lgan davrda jamiyat xodimlari huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan maxsus trening va seminarlarda ishtirok etadi. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadlaridan biri xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.
Tadbirlar doirasida uchrashuvlar, konferensiyalar, seminar-treninglar, "Ochiq eshiklar kuni", korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda rahbar o‘rinbosarlarining korrupsiyaga qarshi chiqishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xodimlarning huquqiy ongini oshirish va ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Axborot-tahliliy media markazi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ