Объявление о публичных обсуждениях проектов, реализуемых на основе ГЧП
“Qo‘qon temir yo‘l vokzalini davlat-xususiy sheriklik orqali modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish ” loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi e’loni Muhokamada: 20.10.2026-29.10.2026
Ma’lumki , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 dekabrdagi «2030 yilga qadar temir yo‘l transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-391-son Qarorida temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini 2030 yilgacha oshirish chora-tadbirlari belgilab o‘tilgan . Xususan , mazkur Qarorning 14-bandiga muvofiq , Transport vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “ O‘zbekiston temir yo‘llari ” AJ bilan birgalikda Toshkent , Samarqand , Buxoro, Urganch , Navoiy va Qo‘qon shaharlarida joylashgan temir yo‘l vokzallari infratuzilmasini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish yuzasidan normativ- huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 11-bandida aholining , tovarlarni ( ishlarni , xizmatlarni ) iste’mol qiluvchilarning , ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini inobatga olish maqsadida vakolatli davlat organining talabiga binoan DXSH loyihasi jamoatchilik muhokamalari bilan birga tayyorlanishi lozimligi qayd etilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Qo‘qon temir yo‘l vokzalini davlat-xususiy sheriklik orqali modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish ” loyihasi ( quyida ilova qilingan jadvalga qarang ) ishlab chiqilayotganligi ma’lum qilinadi.
Loyihaning asosiy maqsadi – Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida temir yo‘l vokzalini rekonstruksiya qilish , qurish , obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish , jihozlash va undan foydalanish orqali aholiga transport xizmati ko‘rsatishning samarali mexanizmlarini joriy etishdan iborat . Loyiha doirasida xususiy sherik Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi temir yo‘l vokzalida yo‘lovchi tashish hamda qo‘shimcha mijozlar oqimini shakllantirish evaziga yo‘lovchilarga kompleks xizmat ko‘rsatadi.
Loyihaning daromad manbasi foydalanganlik uchun to‘lovdan iborat bo‘lib , dastlabki hisob-kitoblarga binoan bir yillik taxminiy daromad 12 025 827,83 ming so‘m ( 1 002 152,32 AQSH dollari) ni tashkil etishi kutilmoqda.
Mazkur loyiha yuzasidan fikr-mulohazalaringiz mavjud bo‘lgan taqdirda , 2026 yil 30 oktyabrga qadar quyidagi elektron manzillarga yuborishingiz mumkin:
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi ” AJ:
Manzil : Toshkent shahri , Mirobod tumani , Tong yulduzi MFY , Turkiston ko‘chasi, 7-uy.
Elektron pochta manzili : uzjeldorpass@mail.ru; l@uzrailway.uz
Telefon raqami : +998 71 299 71 84, +998 71 299 92 31.
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “ Qo‘qon temir yo‘l vokzalini davlat-xususiy sheriklik orqali modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish ” loyihasi to‘g‘risida
MA’LUMOT
|
№ |
Asosiy ko‘rsatkichlar |
Ma’lumotlar |
|
1 |
Loyihaning nomi |
Qo‘qon temir yo‘l vokzalini davlat-xususiy sheriklik orqali modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish |
|
2 |
Loyiha taraflarining nomi: |
“O'ztemiryo'lyo'lovchi ” AJ Tanlov jarayoni ( RFQ/RFP ) orqali aniqlanadi |
|
3 |
Loyihaning faoliyat yo‘nalishi |
Transport xizmati ko‘rsatish |
|
4 |
Loyihaning joylashgan manzili |
Farg‘ona viloyati , Qo‘qon shahri , Muqimiy , Obod MFY, Shoxruxobod ko‘chasi, 11g-uy |
|
5 |
Loyihani amalga oshirish muddati |
2 yil |
|
6 |
Loyihaning amal qilish muddati |
20 yil |
|
7 |
Loyiha qiymati |
40 869 731 523 so‘m ( 3 405 810 960,27 AQSH dollari) |
|
8 |
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi va turlari |
Loyiha budjet tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ko‘zda tutilmagan. |